Haj ziyorati haqida qaror qabul qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi munosabati bilan ziyoratchilarga 20 foizlik kvota cheklovi belgilanishi rejalashtirildi. Bu haqda "Haber7" nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, endi har bir davlatga berilgan kvotaning faqat 20 foizi miqdoridagi ziyoratchilar qirollikka Haj ziyorati uchun tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Saudiya Arabistoni bu qarorni mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari 100 mingdan ortgandan so‘ng qabul qildi.

Ma’lumot uchun, har yili 2,5 million ziyoratchilar Haj qilish uchun Makka va Madina shaharlariga tashrif buyurishadi. Endi bu ko‘rsatkich 500 ming kishiga tushishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Haj ziyorati uchun tayyorgarlik bekor qilingan edi. Undan avvalroq pandemiya sabab Umra ziyoratiga ham vaqtincha to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

1083

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing