“Qora shahzoda”ga suiqasd uyushtirilgani rostmi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saudning hayotiga suiqasd qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

“Saraha News” nashrining yozishicha, X ijtimoiy tarmog‘ida va ayrim ommaviy axborot vositalarida yonayotgan mashina videosi e’lon qilingan bo‘lib, unda Muhammad bin Salmonga suiqasd qilish maqsadida portlatilgan valiahd shahzodaning karvonidagi mashinalardan biri tasvirlangan. Bundan tashqari, shahzoda qo‘riqchilari o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotlar ham ilova qilingan.

Haqiqatda esa videoda 2024 yilning 16 martida Ar-Riyodda sodir bo‘lgan ikki avtomobil yonib ketgan voqea tasvirlangan.

Saudiyalik jurnalist Husayn al-Gaviyning yozishicha, bunday xabarlarni isroillik va xorijdagi akkauntlar tarqatmoqda. Ularning maqsadi dunyo hamjamiyatining e’tiborini Rafahda bo‘layotgan voqealardan chalg‘itish bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd “Qora shahzoda”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made