Bangladesh Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitidan keyin O‘zbekistonga tashrif buyurishi va mamlakatdagi madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 16 iyun kuni Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning safari Buxorodan boshlandi.

photo5201768938571147945.jpg

“Buxoro” xalqaro aeroportida Bangladesh rahbari va uning hamrohlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev va Bangadesh davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Masud Mannan kutib oldi.

Xorijlik mehmonlar Buxoroda bo‘lish doirasida Naqshbandiya tariqati asoschilaridan biri Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qiladi. Shuningdek, ular qadimiy Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansamblini tomosha qilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Bangladesh Aziz Abuhakimov

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing