Germaniyaning Gruziyaga munosabati ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Germaniya Gruziyaning Yevropa Ittifoqi va NATOga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili bilan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Eur AsiaDaily.

Shtaynmayer ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikka urg‘u berib, Gruziya "har doim Germaniyaning siyosiy qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishi" mumkinligini ta’kidladi.

"Bu mening Prezident sifatida birinchi tashrifim, lekin Tashqi ishlar vaziri sifatida men Gruziyada ko‘p marotaba bo‘lganman ... Mustaqillikka erishish — bu Gruziya xalqining demokratik, erkin davlat yaratish irodasi. Germaniya nafaqat jarayonlarni kuzatibgina qolmay, balki bu yo‘lda Gruziyaning asosiy sheriklaridan biri va faol tarafdori edi. So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida jadal hamkorlik borasida erishgan yutuqlari bundan dalolat beradi. Shuningdek, Tbilisida va Berlinda, Germaniya va Gruziyaning boshqa shaharlarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik", dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Gruziyani qo'llab-quvvatlaydi

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made