Xitoy Germaniyaga qarshi demarsh e’lon qildi

Olam

image

Pekin Xitoyga nisbatan josuslik ayblovlari yuzasidan Berlinga qarshi demarsh e’lon qildi. Bu haqda bugun, 26 aprel kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qildi.

"Xitoy josusligi deyilayotgan ish kutilmaganda paydo bo‘ldi. Xitoy asossiz ayblovlar tufayli nemis tomoniga demarsh e’lon qildi", deydi Van Venbin.

Uning ta’kidlashicha, Pekin Berlindan Xitoyga tuhmat qilingani va ikki davlat orasidagi munosabatlarga putur yetkazishga urinishga qarshi hushyor turishni talab qiladi. 

"Biz g‘arazli chayqovchilikka zudlik bilan barham berishni va Xitoyga qarshi siyosiy farsga chek qo‘yishni talab qilamiz", deydi u.

Ma’lumot uchun, 22 aprel kuni Germaniya Bosh prokuraturasi uch nafar Germaniya fuqarosi Xitoy razvedka xizmatlari bilan aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olinganini ma’lum qildi. Keyin idora Drezdenda Yevroparlamentning nemis a’zolaridan birining Xitoy razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda gumonlanib hibsga olingani haqida ma’lum qildi. “Die Zeit” gazetasi manbalarga tayanib, gap Yevroparlamentga saylovlarda o‘ng partiyalar ro‘yxatini boshqarayotgan “Germaniya uchun muqobil” partiyasidan deputatning yordamchisi Maksimilian Kra haqida ketayotganini ma’lum qildi. Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, yevropalik deputat yordamchisining josuslikda gumonlanib hibsga olinishi xavotirli. Mazkur mojaro fonida 23 aprel kuni Xitoy muvaqqat ishlar vakili Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa Germaniyaning Pekindagi elchisi Patrisiya Florni chaqirtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made