Suriyaga yana bir ofat yaqinlashayotgani aytildi

Jamiyat

image

BMTning Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersenning fikriga ko‘ra, Suriya koronavirusga qarshi tura olmaydi. U bu haqda 30 mart kuni videomuloqaot tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda gapirib o‘tgan.

"COVID-19 ga qarshi samarali kurash olib borish uchun Suriyaning barcha hududida zudlik bilan barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdim. Aks holda, mamlakatda o‘ta jiddiy xavf paydo bo‘lishi muqarrar”, dedi Pederson.

Maxsus vakilning ta’kidlashicha, Suriyaga qaytib kelganlar yashayotgan vaqtincha lagerlarda va qamoqxonalarda koronavirus pandemiyasi yuqtirib olish xavfi juda yuqori. 

"Suriya yana bir ofat chegarasiga yaqinlashib bormoqda. Bu – koronavirus. Mamlakatda tibbiy xodimlar, tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarning keskin yetishmovchiligi mavjud. Ushbu virus hukumat tomonidan boshqariladigan joylarda yoki uning tashqarisida yashasangiz ham, baribir, hayotingizga xavf soladi”, dedi Geyr Pedersen.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada koronavirusga 10 nafar odam chalindi. 2 bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya

Baholaganlar

724

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing