Koronavirus Qirg‘iziston hukumatiga kirib bordi. Bosh vazirga yaqin ikki amaldorda COVID-19 aniqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati xodimlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqida “Kabar” agentligi xabar berdi

“Tekshiruv natijasida 26 nafar xodimda koronavirus borligi aniqlandi. Ikki kun oldin virus 11 kishida tasdiqlangan. Qayta tekshiruvda esa yana yana 15 xodimda COVID-19 topilgan. Ular orasida Bosh vazirning maslahatchisi va Bosh vazirning yordamchisi Artem Novikov ham bor. Hukumat apparati rahbari, vazir Taalaybek Temiraliyev hozirda kasallikka chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxs sifatida izolyatsiya qilingan”, deyiladi bayonotda.

Sanitariya-epidemiologiya tadbirlarining tartibiga binoan ularning barchasi karantinga olinadi va davolanadi. Kasallik xodimlarning ko‘pida alomatlarsiz bo‘lgan. Qirg‘iziston hukumati xodimlarining aksariyati masofadan turib ishlashda davom etyapti.

Bundan avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Devonining 17 xodimida va Prezident devoni rahbari Dosali Esenaliyevda koronavirus aniqlangandi.

27 iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 4513 kishi COVID-19 bilan kasallangan. Ulardan 2212 kishi shifoxonalardan chiqarildi, va qurbonlar soni 46 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov joriy yilning 4 iyun kuni Moskvada o‘tgan G‘alaba paradida koronavirus sabab qatnasha olmagandi. Qirg‘iziston delegatsiyasining 2 nafar vakilida virus aniqlangach, Jeenbekov tadbirlarda ishtirok etmay, mamlakatiga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing