Qiziqchilarning konsertiga ham 18+ belgisini qo‘yish taklif etildi
Shou-biznes 26 Fevral 15:43 10072
image

Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasida qiziqchilik va so‘z san’ati ustalarining faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Unda so‘zga chiqayotganlar qiziqchilarning konsert  dasturi reklamalariga ham 18+ yoki 16+ yosh belgilarini qo‘yish taklifini berdi. Ushbu taklif hali qo‘llab-quvvatlanib, yig‘ilishda so‘nggi qaror berilgani yo‘q. 

Yig‘ilganlar ayni vaqtda kulgu jamoalariga nasihat qilish bilan band. Tanqidlar markazida esa “Bravo”, “Million” va “Dizayn” jamoalari bo‘lib turibdi. 

Yaqindagina “O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar qiziqchilar faoliyatini, xususan “Bravo”, “Million”, “Dizayn” jamoalarini tanqid qilgan edi. Abduqahhorov esa bunga javoban “To‘g‘ri, bu jamoalarning ko‘p emas, ayrim hazillarida chegaradan chiqish holatlari bor, ba’zilarini rostdan ham oila davrasida tomosha qilib bo‘lmaydi. Lekin, ular terrorizm, diniy eksterimizm va boshqa xavfli mavzularni ko‘tarayotgani, targ‘ib qilayotgani yo‘q. Biz ularni hech yo‘q faoliyatini taqiqlab qo‘yolmaymiz. Ular bugun mamlakat yoshlari e’tiborini qozonib bo‘ldi. Aksincha, endi biz bu jamoalardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olishimiz kerak, ular sotsial, dolzarb mavzularimizni ko‘tarib chiqishlarida yo‘l ochib berishimiz kerak”, degan edi. Oradan 3 haftta o‘tar-o‘tmas “O‘zbekkonsert” direktorining tanqidiy yig‘ilish o‘tkazayotganini tushunib bo‘lmaydi. Axir u emasmidi kuni kecha jurnalistlarga qarshi chiqib, qiziqchilarni oqlayotgan, ularni qo‘llab-quvvatlayotgan. 

Xullas yig‘ilish davom etmoqda. Tafsilotlarni kuzatib boring. 
 

Manzura Sayfiddinova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 129
Reyting: 3.0