Isroil armiyasi Rafahga quruqlikdan hujum boshladi (video)

Olam

image

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshladi. Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berdi.

Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, 162-diviziya va 401-zirhli brigada sharqiy Rafahdagi bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

“Harbiylar G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi Rafah nazorat punkti ustidan nazorat o‘rnatdi”, deyiladi xabarda.

Misr hududidan 3,5 km uzoqlikdagi G‘azo tomonidagi nazorat-o‘tkazish punktining bir qismi to‘liq Isroil harbiylari tomonidan nazorat qilinadi.

Shuningdek, Isroil 1,5 million kishi boshpana topgan Rafahdagi 50 dan ortiq nuqtaga havo hujumlarini uyushtirgani xabar qilingan. Hujumlarda 20 falastinlik halok bo‘ldi. Rafah nazorat punkti yaqinidagi ba’zi binolar raketa bilan urilgan. Artilleriya bo‘linmalari nafaqat Rafah nazorat-o‘tkazish punkti, balki Kerem Abu Salim nazorat punkti yaqinidagi hududlarni ham o‘qqa tutdi.

HAMASga yaqin ekani ma’lum bo‘lgan “El-Aksa” telekanali ham G‘azo sektori chegaralari ichida joylashgan Rafah nazorat-o‘tkazish punkti hududining bir qismi kuchli o‘qqa tutilganini xabar qildi. Guvohlarning aytishicha, Isroil havo kuchlari nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi hududlarga zarbalar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Falastin harakati Qatar va Misrning G‘azo sektorida nisbiy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilish qarorini e’lon qilgan edi. Buning ortidan Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made