Sport yo‘nalishida yilning eng yaxshi surati aniqlandi

Sport

image

Gollandiyaning World Press Photo jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan World Press Photo Award xalqaro tanlovida g‘oliblar nomi aniqlandi. 

Sport yo‘nalishi bo‘yicha fotograf Mark Blinchning surati g‘olib deb topildi. Ushbu surat 2019 yilning may oyida olingan. O‘shanda yarim finalning yettinchi o‘yinida “Toronto” va  “Filadelfiya Siksers” jamoalari o‘zaro kuch sinashgan edi.

O‘yinda hisob 90:90 bo‘lib turgan bir vaqtda, eng so‘nggi soniyalarda savatchaga otilgan to‘p omadli yakunlangan. To‘p doiraga to‘rt marotaba urilgan va so‘ngra savatchaga tushgan. Mark Blinch aynan mana shu vaqtda suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Basketbol

Baholaganlar

220

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing