Basketbol: AQSH ketma-ket to‘rtinchi bor Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport
−
07 avgust 2021
2600Bugun, 7 avgust kuni Tokio Olimpiadasining basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH va Fransiya terma jamoalari g‘oliblik uchun kurashdi va yakunda amerikaliklar g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda 87:82 hisobida basketbol vatani vakillarining qo‘li baland keldi. Kevin Dyurant yetakchiligidagi AQSH basketbolchilari to‘rtta chorakning uchtasini o‘z foydalariga hal qilishdi.
Uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisi aynan Kevin Dyurant bo‘ldi. U bellashuv davomida 29 ochko, 6 ribaund va 3 golli uzatma amalga oshirdi.
Shunday qilib, AQSH jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marta Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. Okeanorti vakillari bundan avval Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan, Dyurant esa, 4 chempionlikning uchtasida jamoa tarkibida bo‘lgan.
Bronza medallari uchun, Sloveniya va Avstraliya terma jamoalari to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichining ilk o‘yinida AQSH termasi aynan Fransiyaga imkoniyatni boy bergan edi.
LiveBarchasi