Fotoreportaj: Baxti o‘g‘rilangan murg‘ak qalblar

Olam

image

Urush – har insonni boshpanasidan, boridan, oilasidan, baxtidan ajratadigan dahshat, jirkanch manfaatlar to‘qnashuvining oqibatidir. Uning oqibatlari nafaqat yoshi kattalar, balki bolajonlarning taqdirida ham qora kunlar bo‘lib qoladi.

Bugun Liviya, Suriya, Kongo, Sudan davlatlari fuqarolar urushi, dahshatli to‘qnashuvlar, qurolli hujumlar, insonlar o‘limi maskaniga aylangan. Bu hududda istiqomat qilgan fuqarolarning aksariyati allaqachon o‘z vatanini, tug‘ilib o‘sgan maskanini tashlab, qochoqlarga aylanib ulgurgan.

Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil boshidan buyon O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘n yetti mingdan ortiq migrant va qochqinlar kelgan. Bu raqamlar faqatgina aniqlangani, ma’lum bo‘lmagani qancha?

Yil boshidan beri jahon bo‘yicha halok bo‘lgan migrant va qochqinlar soni 878 tani tashkil etadi. Shundan 106 kishi AQSH va Meksika chegarasida, 74 kishi Karib dengizida va qolgan qismi Afrika davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Afsuski, bu qochoqlar orasida bolalikning baxtli onlarini totib ulgurmagan, tug‘iliboq urushning dahshatli og‘riqlarini yurak-yuragidan o‘tkazgan murg‘ak qalb egalari – bolajonlarning borligi yanada ayanchlidir.

E’tiboringizga 2016-2019 yillar oralig‘ida qochoqqa aylangan bolajonlarning qismati aks etgan, ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan fotosuratlarni havola qilamiz. Tilagimiz, biz yashayotgan vatan tinch va osoyishta bo‘lsin, farzandlarimiz urush, zavol neligini ko‘rmasin.


Maqola muallifi

Teglar

suriya sudan qochoq migrant

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made