“Teodor Ruzvelt”dagi bemorlar soni 777 nafarga yetdi

Olam

image

AQSHning “Teodor Ruzvelt” aviatsiya kemasining 770 dan ortiq ekipaj a’zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati xabar bermoqda.

777 nafar dengizchiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, COVID-19 uchun test allaqachon ekipaj a’zolarining 90 foizidan ko‘prog‘ida o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, 3 919 dengizchida test natijasi salbiy chiqqan. Virus bilan zararlangan ekipaj a’zolarining 63 nafari shifo topgan.

Avvalroq, “Teodor Ruzvelt” samolyot tashuvchi kemasida koronavirusga chalinganlar soni yana 230 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Umumiy hisobda, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 848 ming nafardan oshdi. 84 mingdan ziyod bemor sog‘aygan bo‘lsa, 47 676 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus AQShda

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar