Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlardan foydalanish bo‘yicha kelishuv loyihasini e’lon qildi

Jamiyat

image

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv ob’ektlarini boshqarish, foydalanish va qo‘riqlash to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini e’lon qildi.

Ushbu kelishuv loyihasidan ko‘zda tutilgan maqsad transchegaraviy ta’sirlarning oldini olish, cheklash va kamaytirish, transchegaraviy suv ob’ektlarini birgalikda boshqarish, oqilona foydalanish ekanligi aytilgan.

Kelishuv loyihasiga ko‘ra, tomonlar transchegaraviy suv ob’ektlari va suv xo‘jaligi inshootlarini boshqarish, foydalanish va qo‘riqlashda yaqindan hamkorlik qiladi.

Shu maqsadda:

•    suv resurslarining suv xo‘jaligi inshootlariga taqsimlanishini ta’minlaydi;

•    hamkorlikda transchegaraviy suv ob’ektlari va suv xo‘jaliklarida suv miqdorini avtomatik hisoblash tizimini yaratadi;

•    suv xo‘jaligi inshootlarini rekonstruksiya, ekspluatatsiya  qilish va ta’mirlash-ekspluatatsiya ishlari, texnik xizmatlarni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi; 

•    transchegaraviy suv ob’ektlaridan foydalanish va qo‘riqlash byo‘icha monitoringni amalga oshiradi;

•    transchegaraviy suv ob’ektlarida yangi suv xo‘jaligi inshootlari qurilishini kelishib oladi;

Hujjatda ko‘rsatilishicha, tomonlar transchegaraviy suv ob’ektlariga nisbatan teng huquqqa ega va ulardan boshqa tarafga zarar yetkazmagan holda foydalanadi.

Transchegaraviy suvlardan adolatli va maqsadli foydalanish uchun tomonlar “Dostik”, Katta Keles magistral kanali, Zax, Xonim, Achinau, Oqquyli, Shimoliy Toshkent va Yuqori Toshkent kanallari ustidan davlataro boshqaruv joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati hududidagi “Sardoba” suv omborida to‘g‘on devori buzilishi oqibatida 276 kvadrat kilometrdan ortiq maydon suv ostida qoldi, shundan 76 kv km maydon Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaral tumani hududiga to‘g‘ri keldi.

Qozog‘iston hududida 10 ta aholi punkti suv toshqinidan jabrlandi, 30 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, toshqin natijasida Qozog‘iston tomoni 404 mln tenge zarar ko‘rgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston transchegaraviy suvlar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made