InterHouse'ning sho‘x o‘quvchilari “harbiy xizmat”ga yuborildi

Jamiyat

image

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “International House – Tashkent” akademik litseyi hamda tarbiyasi og‘ir yoshlardan iborat jami 20 nafarga yaqin o‘smirlar ikki kun davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kursantlardek yashab ko‘rdi. Ularga o‘zlarini bo‘lajak harbiy xizmatchidek his qilishlari uchun imkoniyat yaratib berildi.

Akademiyaga tashrif buyurgan yigitlar dastlab kursantlar yotoqxonasida o‘zlari uchun alohida ajratilgan xonalarga kirib, egniga harbiy libosni kiydilar. 

Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari o‘quvchilarga milliy armiyamiz quch-qudrati, harbiy xizmatchilar tayyorgarligi, akademiya tarixi va buguni haqida ma’lumotlarni, ularga akalik nasihatlarini berishdi.

Kun tartibi bo‘yicha harakat qilgan “yangi kursantlar” tushlikdan so‘ng sport mashg‘ulotlariga jalb etildi. 

Jismoniy mashg‘ulotlardan keyin kursantlik hayotidan jonli lavhalar ko‘rildi. O‘quvchilar yotoqxona, oshxona, kutubxona, umuman ushbu dargohda ta’lim olayotgan bo‘lajak ofitserlar hayoti bilan yaqindan tanishdi. 

Ikkinchi kuni esa o‘quvchilar Akademiya dala-o‘quv maydonidagi amaliy mashg‘ulotlarni kuzatish uchun yo‘l oldi. U yerda harbiy texnika boshqaruvi va jangovar qurollarni qo‘llash bo‘yicha mashqlarni kuzatishdi. 

Ikki kunlik “kursantcha hayot” davomida o‘quvchilar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblariga diplom, kubok, esdalik sovg‘alari va kitoblar ulashildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi International House

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing