Ertaga AQSH va “Tolibon” murosaga keladi, Afg‘onistonda urush tugaydi. Quvonishga esa erta

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ertaga, 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan AQSH va “Tolibon” harakati o‘rtasida bitim imzolash marosimida ishtirok etadi. 

2001 yilning 11 sentyabr kuni AQSHda sodir etilgan terrorchilik harakatlaridan keyin, AQSH o‘z harbiylarini Afg‘onisonga kiritgan edi. Oradan 19 yil o‘tib AQSH va “Tolibon” o‘rtasidagi ziddiyatlar yakun topish arafasida turibdi. Agar hech kim rejadan og‘masa va o‘rtada yana boshqa tanglik chiqmasa, ertaga Dohada tinchlik bitimi imzolanadi. Ushbu shartnoma esa AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqish jadvalini belgilaydi. 

Qayd etilishicha, kelishuv “Tolibon”ga afg‘on Hukumati va boshqalar bilan mamlakat kelajagi xususida muzokara qilish majburiyatini ham yuklaydi. AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, maqsad mojaroning yechimini afg‘onlarning o‘ziga qo‘yib berish. 

Bu jarayonga Afg‘onistonda yuzaga kelgan siyosiy inqiroz ham halal berishi mumkin. 2019 yilda o‘tgan prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilingani va lavozimni Ashraf G‘ani o‘zida saqlab qolganiga qaramay, siyosiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlar ortib bormoqda. Yuqori ovoz to‘plagan ikki nomzod Ashraf G‘ani va Abdulla Abdulla hamon prezidentlik kursisini talashmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Abdulaziz Komilov Tolibon

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing