Tramp va Si Szinpin “Yil odami” unvoniga da’vogarlik qilmoqda

Olam

image

"Time" jurnali muharrirlarining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin “Yil odami” unvoniga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Tramp bu nomga to‘rtinchi marta da’vo qilmoqda. AQSHning amaldagi Prezidenti 2016 yilda “Yil odami” bo‘lgan. Umuman olganda, ro‘yxat 10 nomzoddan iborat bo‘lib, ular orasida Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani ham bor.

Amerika rahbariga qarshi “impichment protsessida markaziy shaxs” ga aylangan Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi ham nomzodlar qatorida. U Oq uy rahbari va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat mazmuni haqidagi shikoyatidan keyin omma diqqatiga sazovor bo‘ldi. Shu vaqt ichida “Yil odami” unvoni nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Da’vogarlarning qisqa ro‘yxatiga Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg, shved eko-faoli Greta Tunberg, Yangi Zelandiya Bosh vaziri Yakinda Ardern, shuningdek, futbolchi, AQSH milliy terma jamoasi va Amerikaning “Reyn” yarim himoyachisi Megan Rapino ham kiritilgan.

Tahririyat 11 dekabr kuni “Yil odami” unvonining yangi egasini e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, har yili an’anaga ko‘ra, dekabr oyida "Time" muharrirlari “Yil odami”ni e’lon qilishadi. Uning fotosurati jurnalning muqovasida joylashtiriladi. Ushbu unvonni berishning aniq mezonlari yo‘q: nomzodning ijobiy yoki salbiy imijda bo‘lishidan qat’i nazar, yil davomida jamiyatga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxsga beriladi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp Si Tszin'pin Yil odami

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made