Rossiya hukumati mehnat muhojirlari uchun “soliq ta’tili” beradimi?

Olam

image

Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov Rossiya hukumatidan mehnat muhojirlariga "soliq ta’tillari" berilishini so‘radi. Shuningdek, elchi muhojirlar ishlagan ba’zi korxonalarning yopilishi munosabati bilan patentlarning amal qilish muddatini uzaytirilishi borasida ham hukumatga so‘rov yubordi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, tojik muhojirlarining aksariyati Rossiya korxonalarida shartnoma asosida qonuniy ishlaydi. Bu degani, ular barcha soliqlarni to‘laydi. Qolganlari patent olib ishlaydi. Shu sababli, ushbu vaziyatda muhojirlar ancha qiyin moliyaviy ahvolga tushib qoldi.

"Umid qilamizki, Rossiya hukumati bu masalani bizning mehnat muhojirlari foydasiga hal qiladi", deydi Sattorov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 1 milliondan ortiq tojikistonlik Rossiyada istiqomat qiladi va ishlaydi. Ushbu muhojirlar 2019 yilda Tojikistonga 2 milliard 576 million dollar yuborgani ma’lum qilingan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Mehnat muhojirlari

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing