Imron Xon va uning rafiqasi 14 yilga qamaldi 

Olam

image
Imron Xon yana saylovda ishtirok etadi north_east

Imron Xon yana saylovda ishtirok etadi

Pokiston sudi sobiq bosh vazir va “Adolat harakati” partiyasi asoschisi Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda mahalliy “Dawn” gazetasi xabar berdi.
 
Sobiq bosh vazirga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Toshaxona davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq. Sud hukmi bilan Xon va uning rafiqasiga o‘n yilga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi va har biri 787 million rupiy (9,4 million dollar) miqdorida jarimaga tortildi.

Hukm 8 fevralga belgilangan umumiy saylovlardan sakkiz kun oldin chiqdi. 

Ma’lumot uchun, Imron Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilgan. Sobiq hukumat rahbari 2022 yil 10 aprelda unga nisbatan berilgan ishonchsizlik votumi oqibatida lavozimidan chetlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 yanvar kuni Imron Xon va Pokiston sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshi davlat sirlari haqidagi qonunni buzganlikda ayblanib, o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made