Imron Xon Pokiston ham, Hindiston ham yadro quroliga egaligini eslatdi

Olam

image

Bugun, 27 fevral kuni Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Hindiston rahbariyati bilan muzokaralar boshlashni taklif qildi. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.

U “sog‘lom fikr” g‘alaba qozonishiga va yadroviy qurollarga ega ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi mojaro tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bildirdi.

“Kelinglar o‘tirib, mavjud masalani muzokara yo‘li bilan hal qilamiz. Tarix bizni urushlarda ko‘plab yanshlishlar bo‘lganiga o‘rgatadi. Men Hindistondan so‘ramoqchiman: biz qanday qurolga egaligimizni bila turib yanglishishga haqqimiz bormi”, degan Bosh vazir Imron Xon.

Eslatib o‘tamiz, bugun Pokiston Harbiy havo kuchlari Hinliston HHKga qarashli ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi. Bunga samolyotlarning Pokiston hududiga o‘tgani sabab qilib ko‘rsatildi.

Ta’kidlash joizki, Hindiston va Pokiston munosabatlari joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan voqea ortidan yomonlashdi. Shtatda Politsiyaning markaziy zahira kuchlari (Hindiston kuch tuzilmalarining yirik harbiylashtirilgan bo‘linmasi)  avtokolonnasiga hujum uyushtirilgan.

Terrorchi-hudkush bomba to‘ldirilgan avtomobilda harbiylarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Hujum uchun javobgarlikni “Jaish-ye-Muhammad” guruhi o‘ziga olgan.

Ma’lumot uchun, Hindiston va Pokiston o‘rtasida 1947 yildan beri Kashmirning bahsli hududi sababli urush xavfi saqlanib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston Imron Xon

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing