Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi
Olam
−
01 iyul 2020
100766Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning kelini Guljon Nazarboyeva vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Guljon Nazarboyeva – Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning rafiqasi.
Mamlakatdagi “Aysha” jamoat fondi direktori Aysha Orazboyning ta’kidlashicha, Guljon Nazarboyeva joriy yilning 29 iyun kuni vafot etgan, 30 iyun kuni dafn etilgan. U uzoq vaqtdan buyon yurak xastaligidan davolanib kelgan. Ammo o‘lim sabablari va boshqa kasalliklar haqida xabar berilmagan.
Nazarboyevning kelini Chomalgan qishlog‘i yaqinidagi Chubarat qabristoniga dafn etilgan. Birinchi Prezidentning ota-onasi qabri ham aynan ushbu qabristonda joylashgan. Aysha Orazboyning aytishicha, karantin tufayli qabristonga hech kim kiritilmayapti.
Bolat Nazarboyev – Elboshi Nursulton Nazarboyevning ukasi. Ochiq manbalarga ko‘ra, u "Soliqali Orpak" xayriya jamoat fondining asoschisi, BN Invest xolding rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 iyun kuni Nursulton Nazarboyevning qudasi – Raisa Kulibayeva ham vafot etgan edi. U Nazarboyevning kuyovi Timur Kuliboyevning onasi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning koronavirusga chalingani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi