ID-karta olishda pensionerlarga imtiyoz bormi?
Jamiyat
−
12 yanvar 2021
9050Joriy yilning 4 yanvaridan O‘zbekistonda ID-kartalarni rasmiylashtirish boshlandi. Jarayon boshlanishi bilan aholida ko‘plab savollar ham yuzaga keldi. Bunga misol tariqasida ID-karta olishda pensionerlarga imtiyozlar bormi degan masalani ko‘rsatish mumkin.
ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish tartibiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida IIV mas’uli shu savolga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ID-karta olishda pensionerlarga imtiyoz berilishi ko‘zda tutilmagan.
Ammo biometrik pasporti bor fuqarolar ID-karta olishi majburiy emas. Ular “yashil” pasportidan hujjatda ko‘rsatilgan muddat davomida foydalanishi mumkin.
Qayd etilishicha, harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarning uyiga borib, bepul xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi