9 may kuni qabristonga borishga ruxsat bormi?

Jamiyat

image

9 may kuni bo‘lib o‘tadigan diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlarni karantin talablaridan kelib chiqib, vaqtincha cheklangan. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirok etgan brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, brifing davomida 9 may kuni qabristonga ziyorat qilish borasida savol kelib tushgan. Ushbu savolga quyidagicha javob berildi:

“Hurmatli fuqarolar, respublika hukumati tomonidan, ilgari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim tadbirlarni, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlarni karantin talablaridan kelib chiqib, vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan“.

Shuningdek, yuqoridagi holatga nisbatan cheklovlar olib tashlanishi bilan jamoatchilikka ma’lum qilinishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 1836 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

9 may Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing