Latviyada 9 mayni bayram qilish taqiqlandi

Olam

image

Kecha, 20 aprel kuni Seym (Latviya parlamenti) “9 may kuni ayrim ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonunni ikki o‘qishda qabul qildi.
Endilikda Latviyada 9 may kuni har qanday ommaviy tadbirlar taqiqlandi, bu haqda mahalliy “Delfi” nashri xabar berdi.

Seym 9 mayni Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni xotirlash kuni deb e’lon qilishi taxmin qilingan. Biroq Inson huquqlari va jamoatchilik bilan aloqalar komissiyasi muqobil loyiha tayyorlagan va u shoshilinch ravishda qabul qilingan.

Annotatsiyaga ko‘ra, qonunning maqsadi davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, tartibsizliklarning oldini olish, jamiyat salomatligi va ma’naviyatini muhofaza qilishdan iborat. Bundan tashqari, qonun Latviyaning demokratik va milliy davlat sifatidagi qadriyatlariga tahdid va kamsitish, shu jumladan, jamiyatni bo‘lish, urush, harbiy tajovuz, totalitarizm va zo‘ravonlikni ulug‘lash, shuningdek, tarixiy voqealarni buzib ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun Ukraina xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida qabul qilingan.

Qonunda Latviyaning butun hududida 9 may kuni (butun kun davomida) va 10 may kuni ertalab soat 7 ga qadar pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Ochiq osmon ostidagi jamoat joylarida bayram va ko‘ngilochar tadbirlar, yurishlar, yig‘ilishlar va piketlar o‘tkazish taqiqlanadi. Agar bunday hodisalar munitsipalitetdan ruxsat olishni talab qilsa, u bunday ruxsatnomalarni berishga haqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

9 may Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made