“Humo Arena” muz saroyi ochilishida rus estradasi vakillari ishtirok etadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 mart kuni Toshkentda o‘zbek sporti tarixida yangi solnoma ochiladi. 2 yil davomida qurilgan muhtasham “Humo Arena” muz saroyining ochilishi aynan ushbu kunga belgilangan.

Ochilish marosimi yaqinlashgani sari ko‘pchilik tadbirning qanday ssenariy asosida o‘tkazilishi bilan qiziqa boshlaydi.

Ta’kidlanishicha, ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o‘zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g‘oya san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o‘tmishdagi xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo‘yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi.

“Humo Arena”si asosiy va kichik maydonlarga ega bo‘lib, katta musobaqalar uchun mo‘ljallangan qismi 12 500 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ishtirok etishi belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Humo Arena

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing