“Barselona” Suares o‘rniga kutilmagan nomzod topishdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” Markus Reshford yozda “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar faoliyatining so‘nggi damlarini o‘tkazayotgan markaziy hujumchi Luis Suaresga o‘rinbosar qidirmoqda. Bu borada ularning asosiy rejasi “Frankfurt” klubi futbolchisi Luka Yovich va MYU a’zosi Markus Reshford bo‘lib turibdi.

Angliyalik hujumchini qo‘lga kiritish biroz murakkab bo‘lishi mumkin. Sababi, manchesterliklar deyarli top darajaga chiqib ulgurgan futbolchi uchun ancha katta mablag‘ talab qiladi. Serbiyalik Luka Yovich esa, katalonlar uchun 43 million funtga tushadi. Qolaversa, “Frankfurt” jamoasi bu futbolchini o‘z vaqtida pullab qolishni o‘ylayapti. Sababi, Yovich bundan oldingi yillarda ushbu mavsumdagi kabi yuqori tempda o‘ynay olmagan.

Shunday bo‘lsada, ayni paytga kelib bu futbolchiga Madridning “Real”, Myunhenning “Bavariya” va Londonning “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa “Barselona”da o‘ynash niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford ushbu mavsumda MYU safida 38 o‘yinda 12 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Luka Yovich esa “Frankfurt” tarkibida 34 ta o‘yinda 22ta gol kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Yunayted Markus Reshford

Baholaganlar

59

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing