“Real”ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi e’lon qilindi

Sport

image

Madridning “Real” klubi rasmiy sayti joriy mavsum jamoa safidagi eng yaxshi o‘yinchini aniqlash uchun maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, jamoa hujumchisi Karim Benzema bu nomga loyiq ko‘rildi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.

Eslatib o‘tamiz, Karim 2009 yilda Fransiyaning “Lion” klubidan “Real” safiga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karim Benzema

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing