O‘zbekiston qariyb 28 mlrd so‘mlik test va kombinzonlar sotib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq joriy yilning 28 mart kuni mamlakatda COVID-19 virusining keng tarqalishini bartaraf etish maqsadida koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga (27,8 mlrd so‘m) virusni aniqlaydigan 200 mingta test hamda 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olindi va harbiy havo kemasida olib kelindi. Olib kelingan yukning umumiy og‘irligi 20 tonnaga yaqin.

Shuningdek, ushbu maxsus reysda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan berilgan 2,5 mlrd so‘mlik har hil turdagi tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Bundan tashqari, 31 mart kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 16 mlrd so‘mlik, 3 aprelda esa qo‘shimcha 45 mlrd so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olinishi belgilandi. Ular harbiy havo kemasida olib keltiriladi.

Jumladan, xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2 darajali ya’ni, qizil zonaga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e’tibor qaratilgan.

Avvalroq, Xitoy davlati O‘zbekiston koronavirus qarshi kurash uchun insonparvarlik yordami jo‘natgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made