Gvardiola Xoland va Messini solishtirdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xoland va Lionel Messining o‘yinidagi farqni solishtirib, Messining bir o‘zi gol ura olishini va Xolandga esa jamoadoshlari ham kerakligini aytdi. Bu haqda Gvardiolaning so‘zlariga tayanib, “beIN Sports” nashri xabar bermoqda.

“Farq shundaki, Erling Xoland gol urish uchun barcha sheriklariga muhtoj. Bu aqlga sig‘maydi. Ammo Messi raqib darvozasini ishg‘ol qilishni bir o‘zi ham uddalay oladi”, degan ispaniyalik murabbiy.

Qayd etish kerakki, Lionel Messi va Gvardiola “Barselona”da birgalikda ishlagan. 51 yoshli murabbiy “ko‘k anorranglilar”ni 2008 va 2012 yillarda boshqargan. Ushbu yillar Messi va Gvardiola uchun juda omadli bo‘lgan.

Ispaniyalik murabbiy Xoland bilan yangi mavsum boshidan beri birga ishlamoqda. O‘tgan yozda “Manchester Siti” Erlingni sotib olish uchun “Borussiya Dortmund”ga 75 million yevro to‘lagan edi. Hozircha, ushbu xarid o‘tgan yozning eng omadli transferi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. “Transfermakt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Pep Gvardiola Erling Xoland

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing