Yuvosh odam edi – Xotini va uch farzandini chopib tashlagan namanganlik erkak haqida

Jamiyat

Avvalroq, Namangan shahri “Yangi zamin” mahallasida yashovchi 44 yoshli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, uni bolta bilan o‘ldirgani, shuningdek, yana uch nafar voyaga etmagan farzandlariga hujum qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik. “O'zbekiston 24” telekanali mazkur fojia yuzasidan videolavha tayyorladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal oqibatida Ulug‘bek Xolmirzayev 36 yoshli turmush o‘rtog‘ining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voyaga etmagan farzandlari — 10 va 8 yoshli qizlari, shuningdek, 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan urib, tan jarohati etkazgan. Oqibatda 4 oylik chaqaloq voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar qiz esa esa tan jarohati olgan. Hozirda ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Namangan filialida davolanmoqda.

“Ushbu er-xotin bunga qadar g‘alva qilib yoki biror marta mahallaga murojaat qilganini bilmayman. Bular kambag‘al yoki kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida ham turmagan, lekin ayoli tez-tez yordam so‘rab chiqib turardi”, deydi jinoyat sodir bo‘lgan mahalla raisi.

Ta’kidlanishicha, Ulug‘bek Xolmirzayev va Munisa Mamajonova 2009 yilda shar’iy nikohdan o‘tib, yashab kelgan. 2019 yilda esa ularning rasmiy nikohlari qayd etilgan.

“Oilada janjal bo‘lganini ko‘rmaganmiz. Marhumning birovga ziyoni tegmaydigan, juda yuvosh odam edi. Bunaqa bo‘lishini hech kim o‘ylamagan edi”, deydi qo‘shnilardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Namangan

Baholaganlar

1988

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing