Bishkekda SHHT sammiti boshlandi. Mirziyoyev nutq so‘zladi

Jamiyat

image

Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi boshlandi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng tor doiradagi uchrashuv o‘tkazildi. 

Majlisni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ochdi. 

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari tuzilmaning xalqaro nufuzini oshirish, hamkorlik qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2018 yil iyunda Sindaoda o‘tgan sammitda SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi. Sentyabrda esa Toshkent shahrida SHHTga a’zo mamlakatlar temir yo‘l idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

Yana shunday tashabbuslarga muvofiq, Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari muhokama qilindi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ShHT

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing