G‘azodagi shifoxonalar Isroil blokadasiga yana ikki kun dosh bera oladi – BMT

Olam

image

G‘azo sektoridagi shifoxonalar faoliyatini yana ikki kun davom ettira olishi mumkin. Bu haqda kecha, 14 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan blokada tufayli elektr va boshqa ta’minotlardan uzilib qolgan G‘azo sektoridagi shifoxonalar mavjud yoqilg‘i zaxiralaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini yana ikki kun saqlab turishi mumkin.

“G‘azodagi barcha shifoxonalarda zaxira generatorlarining 48 soat ishlashi uchun yoqilg‘i qoldi. Generatorlarining ishlamay qolishi minglab bemorlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi”, deyiladi GMMB bayonotida.

Agentlikning xabar berishicha, G‘azoda to‘rt kundan buyon elektr yo‘qligi sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti kabi hayotiy sohalarni ham halokat yoqasiga yetaklamoqda. Mojaro avj olgan paytdan beri G‘azo sektoridagi falastinliklar orasida halok bo‘lganlar soni 2228 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 8744 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerika Qo‘shma Shtatlari boshqa qator davlatlar bilan birgalikda G‘azo sektoridan falastinliklar va amerikalik fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘lak yaratish ustida ishlayotgani xabar qilingandi. Biroq keyinchalik Misr hukumati G‘azo sektoridan qochqinlar va ko‘chirilayotganlar o‘tishi uchun yo‘lak ochmasligini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

BMT zaxira G'azo Isroil blokadasi GMMB shifoxonalar generatorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made