G‘azoda BMT mashinasi hujumga uchradi. Qurbon bor

Olam

image

Kecha, 13 may kuni G‘azo sektorida avtomobilga berilgan zarba oqibatida bir BMT Qo‘riqlash va xavfsizlik departamenti xodimi halok bo‘ldi, ikkinchisi yaralandi. Bu haqda BMT Bosh kotibi matbuot kotibi o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qildi.

“Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qo‘riqlash va xavfsizlik departamenti xodimi halok bo‘lgani va boshqa bir departament xodimining BMT avtomobiliga berilgan zarba oqibatida jarohat olgani haqida xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi”, deyiladi sharhda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 13 may kuni ertalab Rafahdagi Yevropa shifoxonasiga ketayotgan bo‘lgan. U nishonga olinganlarni BMTning “xalqaro xodimlari” deb atadi.

"Bosh kotib BMT xodimlariga qilingan barcha hujumlarni qoralaydi va to‘liq tergov o‘tkazishga chaqiradi. U halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi", deydi Farxon Haq.

Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilishga shoshilinch chaqiruvini takrorlaydi.

Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, BMT mashinasiga hujumni kim amalga oshirgani hozircha noma’lum. Boshqa tomondan, Falastin manbalariga ko‘ra, yozuvi va BMT bayrog‘i bo‘lgan bir mashina Isroil askarlari tomonidan o‘qqa tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Isroilning G‘azoning Dayr al-Bala hududiga uyushtirgan hujumi oqibatida World Central Kitchen (WCK)ning yetti nafar yordam xodimi halok bo‘ldi. Bosh qarorgohi AQSHning poytaxti Vashingtonda joylashgan WCK bayonotida hujumda halok bo‘lganlarning Avstraliya, Polsha, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Falastin fuqarolari ekanligi qayd etildi. Hujum chog‘ida jamoa tashkilot logotipi tushirilgan ikkita zirhli mashinada deeskalatsiya zonasida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing