Markaziy bank raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Ilhom Norqulov O‘zbekiston Markaziy bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ilhom Norqulov 2018 aprel oyidan beri Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ilhom Norqulov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetida tahsil olgan. Shuningdek, Glazgo Universitetining (Buyuk Britaniya) “Iqtisodiy rivojlanish” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
 
Ilhom Norqulov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega.
 
Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2013-2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.

Markaziy bank raisining avvalgi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Ilhom Norqulov

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing