Futbolchilar “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib oldi
Sport
−
13 Sentabr 2023
3665O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rahbari Abdusalom Azizov Prezident farmoniga ko‘ra “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq ko‘rilgan bir qator futbolchilarga mukofotlarni topshirdi.
Kecha, 12 avgust kuni U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Eron o‘yinidan so‘ng, Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchilar Abduqodir Husanov, Umarali Rahmonaliyev va Abbos Fayzullayev bilan uchrashib, ularga mukofotlarni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, U-23 O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi. Temur Kapadze shogirdlari tez kunda Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etadi.
LiveBarchasi