Yana doping mojorosi. 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilarga oltin medallar topshirildi

Sport

image

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar boshlanishidan avval Osiyo gimnastika ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotning gimnastikani rivojlantirish borasida ortda qolgan vaqtda qilingan ishlari sarhisob qilinib, oldinda turgan qator vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2017 yilgi qit’a birinchiligining jamoaviy bahslardagi oltin medallari o‘zbekistonlik sportchilarga topshirildi. Gap shundaki, o‘shanda Qozog‘iston terma jamoasi g‘alaba qozongan, o‘zbekistonliklar esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edilar. Biroq Qozog‘iston terma jamoasi gimnastlarining qon tahlilidan olingan doping namunalari ijobiy natija ko‘rsatgach, qozog‘istonlik sportchilarning ko‘plab turnirlar qatori ushbu musobaqadagi natijalari ham bekor qilindi. Shu tariqa Anastasiya Serdyukova, Sabina Tashkenbayeva, Nurinisso Usmonova va Anora Davlatovaga tegishli bo‘lgan oltin medallar O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Mustayevga topshirildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shuningdek, musobaqada yakkalikda to‘pda mashq qilish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda qolib ketgan Anastasiya Serdyukova ham qozog‘istonlik raqibasi chetlatilishi hisobiga bronza medaliga sazovor bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Badiiy gimnastika

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing