Tokio-2020: O‘zbekiston badiiy gimnastikachilari final ostonasida to‘xtadi

Sport

image

Tokio Olimpiadasi doirasida badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqlarining saralash dasturi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi to‘qqizinchi natijani qayd etdi.

Yekaterina Pirojkova shogirdlari toplar bilan bajarilgan dastlabki chiqishda 42.100 ball jamg‘ardi,  3 halqa va 2 bulavada ijro etilgan chiqish esa biroz muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi va hakamlar tomonidan 36.900 ball bilan baholandi. Ushbu natija final uchun ajratilgan kuchli sakkiztalikka kirish uchun yetarli bo‘lmadi. 

O‘zbekiston badiiy ginastikachilari 79 ball bilan saralashni to‘qqizinchi pog‘onada (1-zaxira) yakunladilar. Ulardan bir pog‘ona yuqoridan o‘rin olgan Belarus jamoasi 79.650 ball evaziga final bosqichiga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Badiiy gimnastika Tokio Olimpiadasi Ekaterina Pirojkova

Baholaganlar

56

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made