Mane o‘rniga Mbappemi? “Liverpul” yozdagi rejalarini ma’lum qildi

Sport

image

Agar Sadio Mane jamoani tark etsa, "Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, Mane yozgi transfer oynasida Madridning "Real" klubiga o‘tish niyati bor. Agar shunday bo‘lsa "Liverpul" Mbappe uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. 

Avvalroq, Mane "Real" ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin, hali Madrid klubi bu haqda rasmiy xabar tarqatmadi.

Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 20ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Chempionlar ligasida u yettita o‘yinda beshta gol muallifi bo‘ldi. "Trasnfermarkt" portalida Mbappe transfer narxi 180 million yevroga baholangan. Sadio Manening bahosi esa 120 million yevro ekani qayt etilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Liverpul' Transfer Sadio Mane

Baholaganlar

89

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing