Prezident Erdo‘g‘anni yig‘latgan kim?

Olam

image
Qo‘rqinchli ofat. 2019-2020 yillarda kuzatilgan eng dahshatli zilzilalar north_east

Qo‘rqinchli ofat. 2019-2020 yillarda kuzatilgan eng dahshatli zilzilalar

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yig‘layotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu surat kecha, 25 yanvar kuni Turkiyaning Elyazig‘ viloyatida tushirilgan. 

Avval xabar berganimizdek, Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an Elyazig‘ viloyatida sodir bo‘lgan 6,8 balli zilzila talafotlari bilan tanishish va qurbonlarning janoza marosimlarida ishtirok etish uchun ushbu viloyatga tasho‘rif buyurdi.

Zilzila oqibatida Sivrij shahrida yashovchi 9 yashar Muhammad Solih Jivelek ham qurbon bo‘ldi. Erdo‘g‘an uning dafn marosimida qatnashib, bolakayning bobosiga ta’ziya bildirayotib, unga qo‘shilib ko‘z yosh to‘kdi. 

Ayni vaqtda zilzila qurbonlari soni 35 nafarga yetdi. Yuzlab mahalliy aholi vakillari shifoxonalarga joylashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Elyazig‘, Malatya va Diyorbakir viloyatlarida 6,8 balli zilzila qayd etildi. 

Kuchli zilzila oqibatida ko‘plab binolar vayron bo‘ldi. Harobaga aylangan binolar 76 ta ekani aytilmoqda. Yuzlab odamlar vayronalar ostida qoldi. Ular orasida keksalar, bolalar va hatto homilador ayollar ham bo‘lgan. 

Zilzila Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 7 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.

Ushbu zilzila kuchini Turkiyada 500 mingga yaqin odam va qo‘shni Iroq, Suriya va Livan aholisi sezgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Zilzila

Baholaganlar

396

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing