Qalampir dayjesti: Haftaning so‘nggi tunida qanday voqea-hodisalar yuz berdi? 

Jamiyat

image

Jahon yangiliklari

Janubiy Koreya. Mamlakatda 23 fevral kuni COVID-2019 virusiga chalingan 161 ta yangi holat aniqlandi, ular soni jami 763 nafarga yetdi. Shulardan ikki kishi vafot etdi. Janubiy Koreya SSVning ma’lum qilishicha, jami 7 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 18 nafari tuzalib chiqqan, 8 725 kishining tashxisi esa o‘rganish jarayonida. 131 holat Tegu shahrida, 10 tasi Kyongido provinsiyasida, 11 tasi Kyonsan-Puktoda, qolganlari mamlakatlarning turli hududlarida qayd etilgan.

AQSH. Qo‘shma Shtatlar Rossiya Donald Trampni prezidentlik lavozimiga qayta saylanishiga yordam berish uchun 2020 yilgi saylovlarga "aralashayotgani" haqida dalillarga ega emas. Bu haqida o‘z manbalariga tayanib, CNN xabar bermoqda. Kanalning xabar berishicha, AQSH razvedka xizmati vakili Shelbi Pirson 2020 yilgi prezident saylovlarida "Rossiyaning aralashuvi" haqidagi ma’lumotlarni bo‘rttirib ko‘rsatgan. Uch nafar milliy xavfsizlik xodimining CNN’ga ma’lum qilishicha, bu borada hech qanday dalillar yo‘q.

Efiopiya. Mamlakat bosh vaziri Abiy Ahmad Alini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mitingga yo‘l olgan namoyishchilarning kamida 29 nafari granata portlashi oqibatida yaralandi. Bu haqida “Ezega News” nashri xabar bergan. Hodisa Ambo shahrida yuz berdi. Namoyishchilar mitingga otlarda yo‘l olishgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, olomon ichiga granatani “Oromo ozodlik fronti” isyonchilari tashlagan. Huquq-tartibot xodimlari tomonidan 6 nafar gumondor shaxs qo‘lga olingan.

Isroil. Mamlakat armiyasining ma’lum qilishicha, ular Falastinning “Islom jihodi” tashkilotining Suriya va G‘azo sektoridagi guruhlariga hujum qilgan. “Biz hozirgina “Islom jihodi”ning Suriya va G‘azodagi terrorchilik nishonlariga raketa zarbalari yo‘lladik”, deyiladi Isroil armiyasining Twitter’dagi sahifasida. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida “Islom jihodi”ning katta qo‘mondoni yo‘q qilingan. O‘z vaqtida, tashkilot bu xabarni noto‘g‘ri ekanligini aytmoqda.

Venesuela. Mamlakatda har uch fuqarodan biri oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekayotgani aytildi. Bu haqida ma’lumot BMTning Jahon oziq-ovqat dasturida keltirilgan. Venesuelada istiqomat qiluvchi 31.98 million aholining 9.3 millioni oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda. Bu esa asosiy ehtiyojlarini qondira olmaslik sifatida belgilanadi.     

O‘zbekiston xabarlari

23 fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida ko‘p yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilganligi sabab Toshkent shahar prokuraturasida mutasaddi idoralar ishtirokida mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Yakkasaroy tuman prokurori N.A. Allabergenovaga “hayfsan” e’lon qilingan.

O‘zbekiston paradzyudo terma jamoasi Gruziya davlati poytaxtida paradzyudo bo‘yicha Jahon kubogi bahslarida ishtirok etmoqda. 23 fevral kuni -66 kg vazndagi bellashuvlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar Uchqun Quranboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -66 kg vaznda o‘zbekistonlik paradzyudochi O‘tkir Nigmatov bronza, -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sherzod Namozov kumush medal va -73 kg vazn toifasida ishtirok Feruz Saidov bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Futbol

APL. 27-turda o‘z maydonida “Uotford”ni qabul qilgan “MYU” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” shu tariqa o‘z hisobidagi ochkolarini 41 taga yetkazib oldi va hozirda turnir jadvalida 5-o‘rinda ketmoqda. Turning ikkinchi o‘yinida “Arsenal” jamoasi “Everton” ustidan 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

La Liga. Ispaniya chempionatining 25-turida “Atletiko” M o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, 3-o‘rinda borayotgan “Xetafe” turnirda 6-o‘rindagi “Sevilya”ni qabul qilib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi – 0:3.

A Seriya. 25-tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Roma” o‘z uyida “Lechche”ni qabul qildi va yirik – 4:0 hisobidagi mustahkam g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘alabadan so‘ng jamoa turnir jadvalida 42 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing