“Barselona” De Ligt transferidan voz kechishi mumkin

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi Gollandiya terma jamoasi va “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisi Matteys De Ligtni yozda tarkibga qo‘shib olish bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar futbolchiga to‘lanadigan maosh borasida kelisha olmayapti. “Ko‘k-anorranglilar” futbolchiga yiliga 7 million yevro maosh taklif qilmoqda va bu narxni ko‘tarish niyati yo‘q. Ammo bu qiymat “Ayaks”ning yosh sardorini qoniqtirmayapti. Shu sababdan De Ligt boshqa jamoa bilan muzokaralar boshlashga tayyor.

Oldinroq, “Barselona”ning futbolchi bilan shartnoma imzolab bo‘lgani borasida ma’lumotlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ayaks Matteys De Ligt

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing