Ijarada yashayotgan uyini 250 ming so‘mga fohishaxonaga aylantirgan ayol qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Fuqaro X.M. o‘zi yashab turgan ijaradagi uyida  fohishaxona tashkil qilib, Q.J. S.U. va E.S.larga pul evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahar, “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi X.M. ijarada yashayotgan xonadonida fohishaxona tashkil qilgan. Q.J. S.U. va E.S.larga jinsiy aloqa qilishi uchun 250.000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan. 

Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida ular qo‘lga tushgan. Mazkur holat yuzasidan X.M.ga nisbatan jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 aprel kuni Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi M.D. yashash xonadonini 350 ming so‘mga fohishaxonaga aylantirib qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

fohishaxona

Baholaganlar

427

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing