Eng ko‘p o‘lim qaysi kasalliklardan so‘ng kelib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 37,1 ming kishi vafot etganlar sifatida qayd qilindi.

Unga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing