Suriyada bemorlarni qiynagan “sadist-shifokor” Germaniyada qo‘lga olindi

Olam

image

Germaniyada suriyalik shifokor hibsga olindi. U Xoms shahridagi harbiy kasalxonada ishlagan va tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarni muntazam ravishda kaltaklagan. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.

Tergovda faqat Alaa M. nomi bilan qayd etilgan odam hozir Germaniyada, Gessen yerida yashaydi. U o‘tgan juma kuni hibsga olingan. Prokuratura uni insoniyatga qarshi jinoyatlarda va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblamoqda.

Tergovchilarning fikriga ko‘ra, 2011 yilda Xomsda ishlayotgan suriyalik epilepsiya bilan kasallangan bir kishini kaltaklagan. Bemorni Suriya politsiyasi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblab, qo‘lga olgan edi.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, hibsga olingan “sadist-shifokor” yolg‘iz harakat qilmagan va u bilan birga yana bir shifokor bemorga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Ular hibsga olingan odamni hushdan ketguncha urishgan. Keyinchalik bemor vafot etdi. Tergovchilar, shuningdek, Alaa M. bu kabi jinoyatlarni Suriyada muntazam ravishda sodir etgan, deb hisoblamoqda.

2015 yilda Alaa M. Suriyadan Germaniyaga kelgan va shifokor bo‘lib ishga joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Suriya

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing