10 metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik sirk ustasining sog‘lig‘i tiklanmoqda

Olam

image

Joriy yilning 3 yanvar kuni Amsterdamning "Karre" teatrida o‘zbekistonlik akrobatlar, Kristina Vorobeva va Rustem Osmanov, 10 metr balandlikdan yiqilib tushgandi. Oqibatda Kristina Vorobeva jiddiy jarohat olgani ma’lum qilingan

Xabar berilishicha, Vorobevaning ahvoli yaxshilanib bormoqda. Hatto u ikki yildan so‘ng yura oladi. Uning fizioterapevti Mireyl Pontning ma’lum qilishicha, sirk ustasi aprel oyining oxirida oyoqqa turishi mumkin.

"U aprel oyi oxirida qo‘ltiqtayoq bilan yurishi mumkin. Uning reabilitatsiyasi juda qizg‘in kechdi. Shifoxonaga kelganda hech narsa qila olmasdi. Faqat oyoqlarini qimirlatishi mumkin edi", deydi Pont. 

Shifokorning aytishicha, Kristina oxirgi oylarda tuzalish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Uning yonida doim turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Pontning ma’lum qilishicha, uning jufti yonidan deyarli ketmagan.

"Kristina jarohatdan qutulish uchun uch oy davomida Amsterdamdagi reabilitatsiyada bo‘ldi. So‘nggi bir necha oy ichida u tezroq tiklanish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Sirk ustasi juda ko‘p kuch sarfladi. Turmush o‘rtog‘i doim yonida edi. Rustem uning yonidan ketmadi", deydi Kristinaning shifokori.

Mireyl Pontning ta’kidlashicha, u sahnaga qaytishi imkonsizdek tuyulmoqda. Lekin shifokor Kristinadan shijoat kutadi.

"U dunyo miqyosidagi mashhur akrobat edi. Menga xuddi shu darajaga qaytishi imkonsizdek tuyulmoqda. Ammo kim bilsin, u bizni hayratga solishi mumkin", deydi Pont.

Ammo, fizioterapevtning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda o‘ylashga hali juda erta.


Maqola muallifi

Teglar

Amsterdam Akrobatlar Tsirk

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing