Universitetga kirolmaganman – Ortiqxo‘jayev ushalmagan orzusini aytdi

Jamiyat

image

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bitiruvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2019-2020 o‘quv yilida Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash va yoshlarning maqsad hamda rejalari, kelajagi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hokim bitiruvchilarga yoshligida jurnalist va diplomat bo‘lishni xohlagani, ammo universitetga kira olmagani haqida gapirib berdi.

“Kuchli xalqaro jurnalistlar bo‘lar edi, fuqarolar urushi joylaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot uzatishardi. Yaponiya, Germaniya, Amerikadan... Eng kuchlilardan yana ikkitasi – Shahnoza G‘aniyeva va Muxtor G‘aniyev. O‘zbeklardan chiqqan. Ular Afg‘onistondan, og‘ir-og‘ir joylardan jurnalistlik faoliyatini olib borishardi. Meni ularga juda havasim kelardi, men ham ularga o‘xshab xalqaro jurnalist bo‘lishni juda ham xohlaganman.

O‘sha vaqtda Xalqaro diplomatiya instituti ochilgandi, unga kirish uchun hujjatlarni topshirdik, lekin, ming afsuski, men kira olmaganman. Ammo, chin dildan diplomat bo‘lishni xohlaganman, chin dildan xalqaro jurnalist bo‘lishni xohlaganman”, degan Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi o‘qishni istagan, yaxshi mutaxassis, zo‘r ixtirochi, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan yoshlarning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq, Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga imtihonsiz qabul qilingan bitiruvchi qizga Spark sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing