Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Mamlakat rahbari Surxondaryoga tashrifi chog‘ida, dastlab, nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi muqaddas qadamjolar Sulton Saodat me’moriy yodgorlik majmuasini va Hakim Termiziy maqbarasini ham ziyorat qildi.

Tashrif so‘ngida Prezident Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

7 aprel tongda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Surxondaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing