Yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashuvida olti kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda TASS Rossiya FVVning Moskva viloyati boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

“Domodedovada M-4 “Don” avtomobil yo‘lining 65-kmda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Olti kishi qurbon bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Qay etilishicha, jarohatlanganlar orasida bola ham bor.

Halokat mahalliy vaqt bilan soat 5:15 da yuz bergan. Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar xodimlari o‘rganish ishlari olib boryapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Moskva viloyati

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing