Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisi qancha ekanini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 34 068,8 ming kishini tashkil etmoqda. Aholi soni o‘tgan uch oy davomida 131.6 ming kishiga (0.4 foizga) o‘sgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, yil boshidan beri tirik tug‘ilganlar soni 170.4 ming, vafot etgan soni esa 37.5 mingga yetgan. Shahar aholisi soni 17 183.7 ming kishi bo‘lsa, qishloq aholisi 16 853.1 ming nafarni tashqil qilmoqda. Erkaklarning jami aholi soniga nisbatan ulushi 50.3 foiz bo‘lsa, ayollar esa 49.7 foiz ko‘rsatkichni bergan. Doimiy aholining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1 903.9 ming kishi;
Andijon viloyati – 3 139.8 ming kishi;
Buxoro viloyati – 1 1929.1 ming kishi;
Jizzax viloyati – 1 388.5 ming kishi;
Qashqadaryo viloyati – 3 293.6 ming kishi;
Navoiy viloyati – 1 000.6 ming kishi;
Namangan viloyati 2 821.9 ming kishi;
Samarqand viloyati – 3 892.5 ming kishi;
Surxondaryo viloyati – 2 640.6 ming kishi;
Sirdaryo viloyati – 849.7 ming kishi;
Toshkent viloyati – 2 951.5 ming kishi;
Farg‘ona viloyati – 3 766.0 ming kishi;
Xorazm viloyati – 1872.2 ming kishi;
Toshkent shahri – 2 586.9 ming kishi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, hududlarning Respublika jami aholi sonidagi ulush bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

aholi Davlat statistika qo'mitasi

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made