O‘zbekistonning qaysi hududida aholi eng zich joylashgan?

Bu qiziq

image

Statistika agentligi O‘zbekistonning qaysi hududida aholi eng zich joylashgani haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi. 

Unga ko‘ra, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi 6 826,7 kishi bilan Toshkent shahrida qayt etilgan. Ikkinchi o‘rinni esa Andijon viloyati egallaydi. U yerda 1 kv. km. maydonga 792,8 kishi to‘g‘ri keladi. Kuchli uchlikni 603,5 kishi bilan Farg‘ona viloyati yakunlagan. 

Eng past ko‘rsatkichlar esa quyidagicha: 
• Navoiy viloyati – 9,7 kishi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 12,1 kishini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida 2024 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 1 kv. km.ga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Toshkent Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida aholi zichligi bo‘yicha reytingda 6 584,41 kishi ko‘rsatkichi bilan Bishkekdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagandi


Maqola muallifi

Teglar

aholi O'zbekiston Statistika zich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing